Bugungi kunda turli noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirishga urinilayotgan har qanday xavf-xatarlar uchun jazo belgilangan. Jamiyatimizning tinchligi va ogohligi, yoshlarimizni ertangi kuni va kelajagi uchun barchamiz mas’uldirmiz. Ammo, bu mas’uliyatni aynan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning ayrimlari chetlab o‘tmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
O‘zbekiston Respublikasi va insoniyat xavfsizligiga qarshi, hududiy yaxlitlikni, davlat suveriniteti va siyosiy mustaqillikni buzishga qaratilgan bosma nashriyot maxsulotlari, qo‘lyozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlari, ovoz yozilgan materiallar, shuningdek, urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ajratish va diniy qarshilik hamda pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish taqiqlangan.
Shunga qaramay, bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan noutbuk, qo‘l telefoni va boshqa axborot tashuvchi vositalarda behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallarni olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar tez-tez uchramoqda.
Bu borada, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan behayo va zo‘ravonlik mazmunidagi fotosuratlar, videofilm va videoroliklarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tishga harakat qilgan bir guruh «telegrammchilar»ga e’tiborimizni qaratsak.
«Samarqand aeroport» chegara bojxona posti inspektori A.Sanakulov tomonidan Rossiya Federasiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga Moskva («Domodedovo») – Samarqand yo‘nalishida 515-sonli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S.Boyitov o‘zi tomonidan to‘ldirilgan bojxona deklarasiyasiga asosan og‘zaki savol-javobdan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan muqaddam foydalanilgan deklarasiyasida yozib ko‘rsatilgan bir dona qora rangli taxminan qiymati 1.000.000 so‘m bo‘lgan Samsung rusumli uyali telefoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, telefonning Telegram papkasida 46 dona behayo mazmundagi video fayllar hamda 44 ta behayo mazmundagi foto suratlar borligi aniqlandi.
Xuddi shunday holat Moskva («Domodedovo») – Samarqand yo‘nalishidagi 515-sonli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.Pirnazarovning «Huawei» rusumli plansheti xolislar ishtirokida tekshirilganda, ushbu uyali telefonning Telegram papkasida ham 40 ta behayo mazmundagi video fayl borligi aniqlandi.
Telegram ijtimoiy tarmog‘ini D.Jo‘raqulovni ham chetlatib o‘tmadi. U Moskva («Vnukovo») – Samarqand yo‘nalishidagi 809-sonli aviareys bilan uchib kelganda, uning «Samsung» rusumli qo‘l telefonidan ham behayo mazmundagi videolar borligi aniqlandi. Eng achnarlisi shuki, yigitlar bu videolarning qo‘l telefonlariga qanday qilib tushib qolganidan go‘yoki «bexabar va ko‘rmagan».
Aniqlanayotgan holatlar yoshi bo‘yicha tahlil qilinganda, asosan huquqbuzarlik sodir etayotgan fuqarolar o‘rta 25–35 yoshlarda bo‘lib, oilali, o‘rta-maxsus va oliy ma’lumotga ega ekanliklari, o‘tkazilgan suhbatlarda esa behayo mazmundagi foto, videofilm va videoroliklarni O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish mumkin emasligini bilishsa-da, mazkur film va roliklarni oddiygina shaxsiy qiziqish evaziga bojxona chegarasi orqali olib o‘tmoqchi bo‘lganliklari bayon etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi