
O‘zbekistonda yaqin bir yarim oy ichida birinchi Burger King restoranlari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanaliga International Beverages Tashkent kompaniyasining asoschisi Shuxrat Ergashev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi bozorga chiqishdan avval raqobatchilar, jumladan McDonald’s kabi brendlarning mavjudligini o‘rganadi. Taxminlarga ko‘ra, bir yarim oy ichida dastlabki restoranlar ish boshlaydi va vaqt o‘tishi bilan ular butun mamlakat bo‘ylab kengayadi.
Burger King — 1954-yilda AQShning Florida shtatida tashkil etilgan global tezkor ovqatlanish tarmog‘idir. U Restaurant Brands International Inc.
(RBI) kompaniyasi tomonidan boshqariladi. 2024-yilda kompaniyaning global savdo hajmi 5,4 foizga oshdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing