
Parijning PSJ klubi darvozaboni Lyuka Shevalye siyosiy kontekstga ega bo'lgan keskin bahslar markazida qoldi. Bunga sobiq deputat Julien Oberning postiga "layk" qo'yishi sabab bo'ldi.
Ober Fransiyadagi rasmiy doiralar tomonidan "ekstremistik" deb baholangan Marin Le Pen partiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Shevalye boshida bu mojaro haqida sukut saqladi, biroq oxir-oqibat o'z fikrini bildirishga qaror qildi.
"Meni fashist sifatida ko'rsatishga urinishyapti. Men shikoyat qilmoqchi emasman, lekin barcha qizil chiziqlar buzildi, hatto oilamga ham bosim o'tkazishmoqda," - dedi Shevalye.
Eslatib o'tamiz, Lyuka Shevalye italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning PSJni tark etganidan so'ng, jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing