
Yakshanba kuni "Real Madrid" jamoasi Ispaniya chempionati doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi safarda o'tkazilgan o'yinda durang qayd etdi (0:0). Uchrashuv so'ngida Federico Valverde zaxiraga olindi, darvozabon Thibaut Courtois esa o'yinni oxirigacha davom ettirishga muvaffaq bo'ldi, biroq u ham muammolarga duch kelgan.
Marca nashrining xabariga ko'ra, urugvaylik yarim himoyachi va belgiyalik posbon mushaklaridagi noqulayliklardan aziyat chekmoqda. Ularga dushanba kuni tibbiy tekshiruvdan o'tish tavsiya etilgan.
Tiklanish muddatlari haqidagi ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi. "Qirollik klubi" La Liga turnir jadvalida 12 turdan keyin 31 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
"Real"ning navbatdagi uchrashuvi 23-noyabr kuni "Elche"ga qarshi bo'lib o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar