date

Nukusda do'kon nohalol raqobat uchun jazolandi


Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Qo'mita tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan "SUPERSHOP" mas'uliyati cheklangan jamiyatining savdo nuqtasi ijtimoiy tarmoqlarda "eng arzon" degan reklama atamasidan foydalangani aniqlangan.

Reklama Instagram ijtimoiy tarmog'ida joylashtirilgan bo'lib, mahsulotlarning raqobatchi subyektlar bilan taqqoslama tavsifi va aniq parametrlari keltirilmagan. Qo'mita tomonidan olib borilgan tekshiruv natijalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risida"gi qonunning 21-moddasi talablari buzilgani aniqlangan.

Ushbu qonunbuzarlik sabab, Qo'mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan "SUPERSHOP" MChJga nisbatan ish qo'zg'atilgan. Ish ko'rib chiqilgach, korxonaga qonuniy tushuntirishlar berilib, qoidabuzarlikni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar taqdim etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda do'kon nohalol raqobat uchun jazolandi