
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh voyaga yetmagan qizlarning o'z tengdoshlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'layotgani aks etgan video keng tarqaldi. Ushbu holatga huquqni muhofaza qilish organlari munosabat bildirib, rasmiy izohlar va voqea tafsilotlarini taqdim etdi.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, mojaro 7-noyabr kuni Andijon shahridagi "Mustaqillik" mahallasida joylashgan uy hovlisida yuzaga kelgan. Dastlab ikki nafar voyaga yetmagan qiz o'rtasidagi og'zaki tortishuv tezda jismoniy to'qnashuvga aylangan.
Keyinchalik yana uch nafar qiz janjalga qo'shilgan va jabrlanuvchiga tan jarohatlari yetkazgan. Hozirda Andijon ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu guruhli hujum bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, hodisada ishtirok etgan qizlarning ota-onalariga nisbatan farzand tarbiyasidagi e'tiborsizlik uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-moddasi bo'yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar