Napoli 291 daqiqadan beri gol ura olmayapti


Italiya chempioni "Napoli" jamoasi so'nggi uchrashuvlarda o'zining hujumdagi samaradorligini yo'qotdi. Jamoa allaqachon 291 daqiqadan beri gol ura olmayapti.
Oxirgi marta ular 28-oktyabr kuni "Lecce"ga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lishgan edi. Shundan so'ng, "Napoli" uchta uchrashuv o'tkazdi — Seriya A doirasida "Komoning" qarshiligini yenga olmadi, Chempionlar ligasida esa nemis klubi "Ayntraxt" bilan nursiz durang qayd etdi.
Eng so'nggi o'yinda esa "Bolonya"ga qarshi bahsda "Napoli" 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Endi "Napoli" o'zining navbatdagi uchrashuvini "Atalanta"ga qarshi o'tkazadi.
Ushbu jamoa ham so'nggi vaqtlarda inqirozga yuz tutib, ilgari kuchli natijalar ko'rsatgan davridan uzoqlashgan.































Izohlar 0
…