date

150 yil yashash imkonini beruvchi dori


Xitoyda uzoq umr ko‘rish texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar olib borilmoqda. Mahalliy Lonvi Biosciences laboratoriyasi qarishga qarshi tabletkalar yaratishda muhim yutuqlarga erishganini e’lon qildi.

Ushbu preparatning asosiy tarkibiy qismi – uzum urug‘i ekstraktidan olingan procyanidin C1 (PCC1) moddasi hisoblanadi. Shanxaylik olimlar olib borgan tadqiqotlar ushbu loyiha uchun asos bo‘ldi.

Ular PCC1 qo‘llanishi natijasida sichqonlarning umr davomiyligi terapiya boshlanganidan keyin 64,2 foizga oshganini aniqlashdi. Bu birikma senolitik vazifasini bajarib, organizmda to‘planadigan va sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazuvchi “zombi-hujayralar”ni tanlab yo‘q qiladi.

Lonvi Biosciences laboratoriyasi texnik direktori Lyu Tsingxua o‘z ishlarining istiqboliga ishonch bildirdi. “150 yil yashash – bu mutlaqo amaliy maqsad.

Yaqin yillarda bu haqiqatga aylanishi mumkin”, dedi u The New York Times nashriga bergan intervyusida. Kompaniyaning prognozlariga ko‘ra, ushbu tabletkalarni muntazam qabul qilish, sog‘lom turmush tarzi va sifatli tibbiyot xizmatiga ega bo‘lish avvalo insonning 100 yildan oshiq umr ko‘rishini ta’minlashi, keyinchalik esa 120 yilgacha yetkazishi mumkin.

Uzoq umr ko‘rishga oid masalalarga davlat darajasida ham qiziqish bildirilmoqda. Yaqinda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi inson umrini 150 yilgacha uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan suhbat haqida xabar tarqaldi.

Ushbu suhbat videoga yozib olingan, biroq keyinchalik Xitoy davlat televideniyesi uni o‘chirishni talab qilgani jamiyatda qo‘shimcha rezonans uyg‘otdi. Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri insulinga bog‘liq signalizatsiya yo‘llariga aloqador genlarni o‘rganishdir.

Olimlar dumaloq chuvalchang Caenorhabditis elegans genining faqat bitta mutatsiyasi uning umr davomiyligini ikki barobar oshirishini aniqlashdi. Shunga o‘xshash genlar insonda ham mavjud bo‘lib, bu qarishni sekinlashtirish uchun yangi terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatini ochadi.

Mazkur tabletkalar barcha zarur sinovlardan o‘tib, tegishli sertifikatlarni olganidan so‘ng O‘zbekistonda ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Buning uchun kompaniya mamlakatda o‘z dori vositalarini sotish uchun bir qator protseduralarni bajarishi kerak bo‘ladi.

So‘nggi tendensiyalarga ko‘ra, chet davlatlarda erishilgan deyarli barcha tibbiy yangiliklar juda tez O‘zbekistonga ham kirib kelmoqda. O‘zbek shifokorlari tibbiyot rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, yangi texnologiyalarni imkon qadar tez tatbiq etishga harakat qilishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » 150 yil yashash imkonini beruvchi dori