Og‘riqli savol, shunday emasmi?
Aslida bu “ensa qotirar” savolning o‘zi emas, javobi og‘riqli...
Nega deysizmi? Negaki, insonning ehtiyojlari chegaralanmagan! Oylik maosh esa ma’lum miqdorda, bizga oldindan ma’lum bo‘lgan “chegara” ichida chiqolmay “yashaydi”.
Rossiyaning xuddi shu va shu kabi savollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomasi ishchi-xodimlarning oylik maosh va uning miqdoriga nisbatan ruhiyat o‘lchovidagi munosabatini yaqqol ko‘rsatdi.
Bizda-chi, bizda bunday so‘rovnomalar o‘tkazilganmi, demoqchimisiz? Shoshmang, avval rossiyalik daromad solig‘i to‘lovchilarining natijalari bilan tanishaylik...
Bugun Rossiyaning “Jamoatchilik fikri” nomli fondi o‘tkazgan so‘rovlar natijasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra so‘rovda ishtirok etganlarning to‘rtdan uch qismi, aniqrog‘i 73 % i o‘z mehnat faoliyati va kasbiy mahoratidan mamnun.
Biroq so‘rovda o‘z fikrini bayon qilganlarning 61% i mehnat faoliyatidan topayotgan daromadlari, ya’ni oylik maoshining miqdoridan norozi ekanligini ta’kidlashgan.
So‘rovnomada qatnashgan ishchi-xodimlarning 83% i ish vaqtining grafigidan mamnun. Bu samarali mehnat bilan birga shaxsiy hayotga ajratiladigan vaqtni belgilovchi unsur ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bundan tashqari, daromad solig‘i to‘lovchilarning 83% i yaratilgan mehnat sharoitlaridan xursand ekan. 90% mehnatkashlar o‘z hamkasblari bilan mustahkam do‘stona aloqa o‘rnata olganlaridan mamnun.
Faqat 18% ishtirokchilar o‘z rahbarlarining xodimlarga nisbatan qo‘pol muomilasidan shikoyatda ekanliklarini bildirishgan.
So‘rovnoma qatnashchilaridan 27%i me’yoridan ortiq ishlayotganidan xafa.
66% ishchi-xodimlar qo‘shimcha ish topish haqida o‘ylab turishlarini bildirgan. Shu kabi 46% ishtirokchilar yuqori daromad vajida biroz zararli, chegaralanmagan ish soatlarida ishlashga ham rozi ekanligi aytishgan.
Eng qizig‘i, o‘z mehnat faoliyati hisobiga topayotgan daromadlarini so‘rovda ishtirok etganlarning atigi 3% “juda yaxshi” deb baholagan.
Mazkur so‘rovnoma natijalari Reuters agentligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilingan.
O‘zbekistonda bu kabi savollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar va ularning natijalari bizga ma’lum emas. Biroq uning natijalarini taxmin qilish mumkin.
So‘rov natijalari yuqoridagi xulosalarga yaqin bo‘lsa ajabmas. Chunki, bu yerdagi bosh omil — maosh miqdorining kam-ko‘pligi emas, ishchi-xizmatchilarning mazkur masalaga munosabati qandayligida!
Demak, so‘rovnoma natijalari —munosabat, ya’ni psixologik holat bilan chambarchas bog‘liq.
Psixologlarning fikricha, davlatga daromad solig‘i to‘lab, ma’lum miqdorda oylik maoshi olib ishlaydigan ishchi-xodimlarning aksariyati o‘z daromatidan norozi bo‘lishadi.
Negaki, ma’lum bir davr, ya’ni har oyning ma’lum bir sanalarida o‘z oylik daromadini qo‘liga olgan ishchi-xizmatchilar — oylik maoshini uzog‘i 3–4 kun ichida “taqsimlab” bo‘ladi!
Qolgan yana 25–27 kun “oylikni kutib” yashash bilan davom etadi...
Tabiiyki, aniq miqdordagi oylik maoshni — noaniq miqdordagi bir nechta muammolarga, aniqrog‘i adog‘i yo‘q ehtiyojlarga taqsim qilgan ishchi-xizmatchida o‘z daromadlaridan qoniqish hissi paydo bo‘lmaydi.
Masalani misol tariqasida yanayam aniqroq qilib ifoda etamiz...
Masalan, 3,0 mln atrofida ish haqi miqdori evaziga ishlaydigan ishchi-xizmatchi o‘z maoshidan qoniqmay boshqa ish qilsa, aytaylik, biznes qilsa-yu o‘rtacha 3,0 mln daromad topsa, o‘z ishidan ma’lum ma’noda qoniqish hosil qiladi.
Chunki unda bir oylik “kutish azobi” deb ataladigan ruhiy zo‘riqish yo‘q!
Haftasiga o‘rtacha 700–800 ming so‘mdan, yoki kunora o‘rtacha 200 ming so‘mdan pul topishi unga qaysidir jihatdan ma’qul bo‘lgan jarayon.
Shuning uchun ham korxona-tashkilotlarda oylik ish haqi orasida avans qilib pul berib o‘tilishi odat tusiga kirgan bo‘lsa kerak...
Oylik maoshning ehtiyojlar bozoridagi narx-navoga nisbatan kamligi — mavjud haqiqat! Biroq korxona yoki tashkilotdan ma’lum miqdorda daromad ko‘rish uchun xodim undan kamida 2–3 barobar foyda keltirishi kerak!
Ish beruvchilarning joriy xarajatlari, nazarda tutilmagan boshqa xarajatlari, soliqlar, ijtimoiy to‘lovlar, rentabelligi va hokazo, va hokazolar qoplangandagina xodimlarga oylik maoshi to‘lab berishga imkoniyat paydo bo‘ladi. Ya’ni ish beruvchi qancha daromad ko‘rsa — xodimga shuncha maosh berishga imkoni topadi.
Korxona boy bo‘lsa-yu, ishchiga kam oylik to‘lasa — bu boshqa masala... Vaholanki, yaxshi daromad ko‘rgan korxona-tashkilotlar o‘z xodimlarining “turg‘unligi”ga qayg‘uradi!
Demak, ishchi-xodimning maosh miqdori tarozining bir pallasiga qo‘yilsa, ikkinchi pallasiga uning “ish berish” xususiyati, aniqrog‘i mehnat faoliyatining samarasi qo‘yilishi kerak...
Aziz o‘quvchilar, siz bu haqda qanday fikrdasiz? Mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Eng yaxshi fikrlar, jo‘yali takliflar, asosli vajlar saytimiz sahifalarida e’lon qilinishi mumkin...
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas