date

Bollivud yulduzi Katrina Kaif ilk bor farzandli bo‘ldi

Bollivud yulduzi Katrina Kaif ilk bor farzandli bo‘ldi

Hind kinolarining sevimli yulduzi, 42 yoshli Katrina Kaif birinchi marta ona bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Viki Kaushal bilan bo‘lgan juftligi 2025-yil 7-noyabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi, deb yozadi “India Today”.

Katrina Kaif bu quvonchli xabarni o‘zining Instagram sahifasida muxlislar bilan baham ko‘rdi:

“Bizning bir bo‘lagimiz, quvonchimiz dunyoga keldi! Cheksiz muhabbat va minnatdorchilik bilan o‘g‘limizning tug‘ilganini e’lon qilamiz. Katrina va Viki”, — deb yozgan aktrisa.

Viki Kaushalning ukasi Sanni Kaushal ham bu xabarni tasdiqladi. U o‘z sahifasida “Mayin chacha ban gaya” (“Men amaki bo‘ldim”) deb yozib, quvonchini muxlislar bilan bo‘lishdi.

Katrina Kaifning homiladorligi haqidagi mish-mishlar bir necha oy avval, sentyabr oyida paydo bo‘lgan edi. Juftlik bu haqda sukut saqlagan bo‘lsa-da, muxlislar aktrisaning suratlaridan va intervyularidan buni ilgari payqagan edilar.

Katrina Kaif Bollivudning eng mashhur va sevimli aktrisalaridan biri hisoblanadi. U o‘zining “Josuslar”, “Tezlik”, “Ek Tha Tiger” kabi filmlaridagi rollari orqali butun dunyoda tanilgan. 2021-yil dekabr oyida Viki Kaushal bilan Rajaston shtatidagi an’anaviy hind marosimi asosida tantanali to‘y bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Katrina Kaif 1983-yilda Gonkongda hindistonlik Muhammad Kaif va ingliz millatiga mansub Syuzanna Tyurkott oilasida tug‘ilgan. U 14 yoshida modellik karerasini boshlab, 2003-yildagi “Bum” filmi orqali kinoga kirib kelgan.

Viki Kaushal esa 1988-yilda Mumbayda dunyoga kelgan. U Rajiv Gandi texnologiya institutini tamomlab, 2012-yilda “Vasseypur to‘dalari” filmi orqali ekranda debyut qilgan.

Qiziq jihati shundaki, Katrina Kaif Shohrux Xon bilan birga 2013-yilda Ginnes rekordlar kitobiga eng badavlat aktrisa sifatida kiritilgan. Uning yillik daromadi o‘sha vaqtda taxminan 10 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzi Katrina Kaif ilk bor farzandli bo‘ldi