
Toshkent xalqaro aeroportining eski yuk terminali ijaraga berish uchun auksionga qo'yildi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, E-auksion.uz onlayn platformasida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining eski yuk kompleksi savdoga qo'yilgan. Binoning umumiy maydoni 6 882 kvadrat metrni tashkil etadi.
Yillik ijara uchun boshlang‘ich narx 16,9 milliard so‘m etib belgilangan, bu summaga qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan. Mazkur bino va inshootlar yuk aviatsiyasi tashuvchisi uchun ijaraga berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda yuklarni vaqtincha saqlash va qayta ishlash faoliyatini samarali yuritish imkoniyati ta'minlanadi.
Auksion ishtirokchilari uchun ijara talablariga javob berishga oid maxsus qoidalar belgilangan. Savdo 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Toshkent aeroportining eski yuk terminali auksionga qo'yildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar