
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketdi, deb yozadi Kun nashri.
Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ushbu tashrif doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Bundan avvalroq 16 sentyabr kuni O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Turkmanistonga ushbu tadbirda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar