Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 dekabrdagi 1033-qarori bilan suyultirilgan gaz sotish va yetkazib berishda suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida aholiga suyultirilgan gazni sotish narxlari belgilandi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi «Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitlarida iqtisodiyotning bazaviy sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3253 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan aholiga sotiladigan 1 kilogramm suyultirilgan gazning narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda 500 so‘m etib belgilangan.
2018 yil 1 avgustdan boshlab esa Respublikaning barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kg uchun 800 so‘mdan yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda 1 kg suyultirilgan gaz narxi 372 so‘m.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror bilan belgilangan yagona chakana narx, shuningdek, aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun «O‘ztrans» AJ va yoki uning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari orqali sotiladigan suyultirilgan gazning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishining tizimli nazoratini ta’minlashi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi