06:30 / 23.01.2018
5 184

Ishchan odamlar tashkilotga foyda keltirishi rostmi?

Ishchan odamlar tashkilotga foyda keltirishi rostmi?
Odatda ishchanlik kamolotga intilish, ya’ni hamma narsada ideallikka erishish istagi bilan birga bo‘ladi. Bunday insonlar ishga hammadan oldin kelib, hammadan keyin ketadi. Ularga ta’til ham kerak emas. Ishga aloqador har qanday masalani esa u kunda ham, tunda ham muhokama qilishga tayyor.

Ishchan insonlar go‘yo barcha tashkilotlarga kerakdek tuyuladi. Biroq mutaxassislarning aytishicha, bunday xodimlar o‘zlariga ham va umumiy ishga ham zarar yetkazadi. Xo‘sh, bunday insonlar qanday ziyon keltirishadi? Qanday qilib vaqtida dam olish kerak?

Ishchanlik — bu ish bilan bog‘liq. Turli qaramliklarga o‘xshab, ish ham insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yadi, u ma’lum shart-sharoitni belgilab beradi. Aslida qaramlik yoshlikda shakllanadi. Uning yordamida inson hal qila olmaydigan yoki istamaydigan muammolardan uzoqlashadi. Masalan, ishga berilgan inson o‘zini qiynayotgan muammolar, kelishmovchiliklar haqida o‘ylay olmaydi. Ishchan inson muammolardan ham muhimroq ishlari borligiga ishonadi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday insonlarning dam olishga xohishlari ham bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha uyqu va ovqatlanish bilan bog‘liq rejimni e’tiborsiz qoldiradilar va natijada sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy kasallikni orttirib olishadi.

Ishchan va mehnatkashlar turli xarakterga ega. Ular orasida murakkablariga qaraganda, optimistlar juda kam uchraydi. Murakkab ishchan insonlar juda ko‘p harakat qilishadi, biroq o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlay olmaganlari sabab, biror ishlari o‘xshamasligidan cho‘chib, vahimada yurishadi. Biroq buning barchasi tashkilotga psixologik murakkab muhit, o‘zaro tushunmovchiliklarning ko‘payishi, vazifalarni bajarish jarayonining buzilishi kabi qator zararlarni yetkazishi mumkin.

Inson kam ishlay boshlasa yoki ishdan birdaniga chetlashsa, hayotida qandaydir bo‘shliq vujudga kelgandek tuyuladi. Shuning uchun ishdan birdaniga uzoqlashish yaramaydi. Ish ritmini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan insonlar butun kuchlarini yig‘ib, kun tartibini aniq tuzishlari va unga qat’iy rioya etishlari kerak. Shundagina ular ham dam olish, ta’tilga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ishchanlikdan qutulish mumkin. Buning uchun inson qanday muammodan qochayotganini aniq bilishi kerak. Shundan so‘nggina ilk qadamni tashlash lozim.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishchan odamlar tashkilotga foyda keltirishi rostmi?