08:03 / 06.02.2018
4 883

Shaxsiy ibrat – tarbiyaning eng samarali usullaridan biri!

Шахсий ибрат – тарбиянинг энг самарали усулларидан бири!
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, inson zakovati, tafakkuri rivojlanishining eng yuksak cho‘qqisi, 0 dan to 3 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelar ekan. Demak aynan shu yosh oralig‘ida bizning kelajagimiz poydevori quriladi.

Farzandlarimiz, ularga ishonishimizga, qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj bo‘lishadi. Ammo bir narsani esingizdan chiqarmang – ular ota-onasidan ibrat oladilar. Siz ularga yaxshi namuna bo‘la biling!

Bolalarni qanday qilib to‘g‘ri tarbiya qilish, nazariy jihatdan barchamizga tushunarli albatta. Biroq vaqtimizning tig‘izligi, oqillik va sabrning yetishmasligi tufayli ko‘pchilik holatlarda boshqacha yo‘l tutamiz.

Kichkintoyning shaxs sifatida shakllanishi uchun o‘ta zarur bo‘lgan bir nechta qoidalar mavjudki, ularni bilmaslik, farzandlarimizning kelajagini xavf ostiga qo‘yadi. Ularni bilish har bir ota-ona uchun ham qarz, ham farz deb hisoblayman. Eng asosiy qoidalardan biri: Bolaning qanotlarini qirqmang. Bir kun kelib, u qanotlarini shunday yozadiki, ular sizga ham qanot bo‘ladilar, sizni ham yiqilishdan asrashga qodir bo‘ladilar!

Birinchi qoida. Odatda asosan ko‘pchilik ota-onalar o‘zlarining sevgan mashg‘ulotlarini va qiziqishlarini orqaga surib, butun vaqtini bolalari bilan o‘tkazishga harakat qiladilar. Siz bunday yo‘l tutmang, siz oqil bo‘ling, o‘zingizga ham vaqt qoldiring, o‘zingizga ham g‘amxo‘rlik qiling va bunga bolalaringizni ham o‘rgating.

Ikkinchi qoida. Ko‘pchilik ota-onalar butun boshli kechalarni bolaraning uy vazifalarini bajarish uchun sarflaydilar. Siz aslo bunday qilmang, chunki uy vazifasi uchun bola o‘zi javob berishi shart. Agar nimadir o‘xshamasa, qiyinchilik yuzaga kelsa ko‘mak bering. Shunda ham to‘gri yechimga yo‘lni ko‘rsating, bola uchun buni o‘zingiz aslo bajarmang.

Uchinchi qoida. Ko‘pchilik ota-onalar o‘zlarini oqlash yoki bo‘lmasa “gunohlarini yuvish” uchun bolaga sovg‘alar sotib olishga harakat qiladilar. O‘ylaymanki siz bunday yo‘l tutmaysiz. Bolaga mayda xarajatlar uchun pul bering. Bola pulni taqsimot qilishni va o‘yinchoqlar sotib olish uchun yig‘ishni o‘zi o‘rganishi zarur. Ota-ona esa jarayonni nazorat qilishi va kichkintoyni bunga o‘rgatib borishi kerak bo‘ladi.

To‘rtinchi qoida. Ko‘p hollarda ota-onalarda bolaning yomon xulqi sabablarini mushohada qilishga, aniqlashtirishga sabrlari yetmaydi. Bunday hollarda bolani tezroq tiyib qo‘yish payida bo‘ladilar. Siz avvalo ushbu holatning sabablarini o‘rganib, tahlil qiling va muammoning yechimini topishga yordamlashishga harakat qiling.

Beshinchi qoida. Aksariyat ota-onalar birinchi navbatda bolani munosib va muvaffaqiyatga intiluvchi inson sifatida o‘stirishni hohlaydilar. Siz esa kichkintoy bilan iliq va yaqin munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiling.

Oltinchi qoida.
Ko‘pchilik ota-onalar o‘z bolasini turli muammolardan asraydilar va bu yo‘lda esa ba’zan zarur bo‘lmagan ishlarni ham qiladilar. Siz esa yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan hollarda bolangizning xatoga yo‘l qo‘yishiga imkon bering. Keyin esa ushbu vaziyatdan saboq olishiga, to‘g‘ri xulosa qilishiga yordam bering.

Yettinchi qoida. Ko‘pchilik ota-onalar bola jazavaga tushmasligi va yig‘lamasligi uchun uning barcha injiqliklarini ko‘taradilar va barcha narsalarni muhayo qiladilar. Bundan esa bolalar juda ko‘plab holatlarda foydalanadilar. Siz esa bolangizning xayoliga turli injiqliklar kelishiga imkon bermang. Siz nafaqat o‘z istaklaringizni, balki bolaning ham shaxsiy hududini va istaklarini ham hurmat qiling.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxsiy ibrat – tarbiyaning eng samarali usullaridan biri!