date

Barselona yana Kamp Nouga qaytdi

Barselona yana Kamp Nouga qaytdi
Ispaniyaning "Barselona" jamoasi uzoq tanaffusdan so'ng ilk mashg'ulotini "Kamp Nou" stadionida o'tkazadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

2022-yildan beri stadionda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan edi va jamoa uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazib kelayotgandi. Ta'mirlash ishlari hali to'liq yakunlanmagan bo'lsa-da, "Barselona" endi bu stadionda o'yin o'tkazishga ruxsat oldi.

Hozirgi kunda stadionga 26 ming tomoshabin sig'imi bilan o'yin o'tkazishga litsenziya berilgan. Klub rahbariyati bu limitni 45 mingga oshirishni kutmoqda.

Jamoaning 7-noyabrga rejalashtirilgan mashg'uloti muxlislar uchun ochiq bo'ladi. Chiptalar narxi klub a'zolari uchun 5 yevro, boshqa tomoshabinlar uchun esa 10 yevro qilib belgilangan.

Mashg'ulotdan tushgan barcha mablag' xayriya maqsadlariga yo'naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona yana Kamp Nouga qaytdi