Turkiya va Rossiyadan kelgan yo‘lovchilariga tegishli bo‘lgan yuklar orasida o‘q-dorilar borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro A.F.ning bojxona nazoratidan yashil yo‘lak orqali o‘tayotib, bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.
Shundan so‘ng unga tegishli bagaj nazorat-rentgen apparati ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 35 dona travmatik qurol o‘qlari yashirilganligi fosh bo‘ldi.
Shuningdek, “Moskva-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan K.D. ismli shaxs ham o‘zi bilan 1 dona 12 mm. kalibrli patronni noqonuniy ravishda olib kirayotgan paytida to‘xtatib qolindi.
Hozirda ushbu o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan va mazkur holatlar yuzasida bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin