Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Umidjon Salimov «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz holding matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
U bu lavozimda 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan Olimjon Xudaynazarovich Saparov o‘rnida ish boshlagan.
Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2013-2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2017 yil aprelida «O‘zavtosanoat» AJga qaytgan va boshqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlagan, o‘sha yilning avgustida «O‘zavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, ko‘p vaqt o‘tmasdan «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari sifatida kompaniyaga qaytgandi.
U 2019 yil yanvarida Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi