Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2013 yil 25 fevraldagi buyrug‘iga asosan Qiziriq tumanida yashovchi Sh.Xasanovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Biroq, farzandlari oldidagi burchini bajarib qo‘yishni unutgan ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli Byuroning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida Sh.Xasanov Qumqo‘rg‘on tumanidan qidirib topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan 2013 yildan beri to‘lanmagan aliment qarzdorligini hisoblab uni to‘lab qo‘yishligi aks holda to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilishi tushuntirildi.
Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, bu pullarni begonaga emas balki o‘zining farzandiga berayotganligini tushunib yetgan Sh.Xasanov jami aliment qarzdorligini to‘liqligicha, ya’ni 18 million 500 ming so‘mni to‘lab berdi.
Shuningdek, Sh.Xasanovga nisbatan e’lon qilingan qidiruv qarori bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”