Kecha, 30 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQSh elchisi Daniel Rozenblum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazir Inomjon Majidov va Daniel Rozenblum zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida kelgusida oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
– So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari to‘qimachilik va kimyo sanoati, farmatsevtika, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, mashinasozlik, energetika va boshqa shu kabi texnika va muhandislik fanlari sohasida xalqaro hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratmoqda, – dedi uchrashuvda Inomjon Majidov. – Biz AQSh bilan bu yo‘nalishlarda Toshkentda AQSh universitetlari filialini tashkil qilish yoki kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga doim tayyormiz.
Elchi AQShlik mutaxassislarning o‘zbek oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘quv reja va dasturlarni tuzish, qolaversa, ikki davlat o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yishga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etdi. Shu bilan birga istiqbolda malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda hali juda katta imkoniyatlar borligini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi