17:45 / 31.08.2019
3 375

Qidiruvdagi shaxsning pasporti nima uchun to‘xtatib turiladi?

Qidiruvdagi shaxsning pasporti nima uchun to‘xtatib turiladi?
Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchining pasportining amal qilishini sud tomonidan to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etildi. Bu masalada berilayotgan ayrim savollarga javob beramiz.

Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish zarurati nimada?
Sir emas, jinoyat sodir etib yashirinib yuradigan yoki chet elga chiqib ketgan shaxslar mavjud.
Jinoyatga javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qidiruvdagi shaxslarni qidirishga katta kuch va vositalar jalb etilmoqda.

Har yili qidiruvdagi shaxslarni respublikaga qaytarib kelish uchun davlat byudjetidan milliardlab so‘m pul mablag‘lari sarflanadi.

Shu bilan birga, qidiruvda bo‘lgan shaxslarning jinoyatlari boshqa davlat qonunchiligida jinoyat deb topilmasligi, ularning boshqa davlat fuqaroligini qabul qilganligi va shu kabi sabablar tufayli ushlab berish haqidagi so‘rovlar ayrim hollarda qondirilmaydi.

Endilikda ushbu shaxslarning pasportini to‘xtatish orqali ularning Respublikadan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi yoki xorijda harakatlanishiga chek qo‘yiladi. Ya’ni, hujjat bo‘lmagandan keyin ular o‘z-o‘zidan konsullik muassasalariga yoki ichki ishlar idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Bu bilan qidiruvda bo‘lgan shaxslar soni kamayadi, ularni qidirish va vatanga qaytarish uchun sarflanayotgan davlat byudjeti mablag‘lari tejaladi.

Pasportni “to‘xtatib qo‘yish” fuqarolikning tugatilishi yoki undan mahrum qilish deganimi?
Yo‘q, aslo unday emas. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatish O‘zbekiston fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo‘lmaydi.

Bu hujjat amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish, xolos. Bunda protsessual harakatlar davomida unga yangi tegishli hujjat beriladi.

Qidiruvda bo‘lgan barcha ayblanuvchi va sudlanuvchilarning pasporti “to‘xtatib turiladimi”?
Yo‘q. Pasportning amal qilishini to‘xtatish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qo‘llaniladi.

Qidiruvdagi shaxs O‘zbekistondan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mazkur pasportning amal qilishi faqat sud qarori bilan to‘xtatilishi mumkin.

Pasporti “to‘xtatilgan” ayblanuvchi O‘zbekistonga qaysi hujjat bo‘yicha qaytariladi?
Bunda qidiruvdagi shaxsga vatanga qaytish uchun vaqtincha qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berish tartibi joriy etiladi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxsning pasportini to‘xtatib qo‘yish boshqa rivojlangan davlatlarda ham bormi?
Albatta mavjud. Bu tartibni joriy qilishga rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi andoza qilib olingan. Masalan, AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Polsha, Belgiya, Turkiya, Sloveniya, Koreya, Singapur, Vetnam, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Gruziya va boshqa qator davlatlarda jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchilarning (sudlanuvchilarning) suddan yashirinishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu shaxslarning xorijiy davlatlarda harakatlanishini cheklash va o‘z yurtiga qaytarish maqsadida fuqarolik pasportini bekor qilish amaliyoti keng qo‘llanib kelinadi.

Amal qilish to‘xtatib qo‘yilgan pasport qaysi holatda tiklanadi?
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda belgilangan tartibda yangi pasport berilishi bilan pasportning amal qilishi tiklanadi

Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxsning pasporti nima uchun to‘xtatib turiladi?