Toshkentda bir erkak tush ta’biri bahonasida ikki ayolga shilqimlik qildi

1 daqiqa o'qish685
Toshkentda bir erkak tush ta’biri bahonasida ikki ayolga shilqimlik qildi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida dam olishga kelgan erkak ikki ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda sud hujjati orqali ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 oktyabr kuni “Yangi turmush” mahallasida yashovchi Z.F. yomon tush ko‘rgani uchun uni “o‘qib berishi” mumkin bo‘lgan tanish ayol orqali M.A. ismli erkakni uyiga chaqirgan.

Ayolning tanishi M.A. xizmatini “tushni o‘qib berish” deb ta’riflab, Z.F. unga 3,6 million so‘m to‘lashi kerakligini aytgan. Ammo xonadonga kelgan erkak ilgari uning jiyaniga, keyin esa o‘ziga nisbatan noma’qul harakatlar qilib, o‘pmoqchi bo‘lgan.

Qo‘rqib ketgan Z.F. darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

21 oktyabr kuni Yangihayot tuman sudida ish ko‘rib chiqildi. Sudda M.A. qilgan ishini tan olgan va pushaymonligini bildirgan.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (“Shahvoniy shilqimlik qilish”) bo‘yicha aybdor deb topib, 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Mutaxassislar fuqarolarni begona shaxslarni uyga chaqirishda ehtiyotkor bo‘lishga va har qanday noodatiy holatda huquq-tartibot idoralariga zudlik bilan murojaat qilishga chaqiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?