date

“JETOUR” qarzdorlik sabab sotilishi mumkin

“JETOUR” qarzdorlik sabab sotilishi mumkin

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro J.Ye.dan undiruvchi bank foydasiga 407 mln. 393 ming so‘m undirish, undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan, garovdagi “JETOUR” avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent shahar boshqarmasiga 09.09.2025-yilda kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonunining 23-moddasiga asosan ijro yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan. Ijro harakatlari davomida, undiruvchi ishtirokida “JETOUR” xatlanib, hozirda mazkur ijro hujjati yuzasidan xatlangan mulkni auksion savdolariga chiqarish harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “JETOUR” qarzdorlik sabab sotilishi mumkin