date

Haqni talab qilish — kuchsizlik emas, jasoratdir!

Haqni talab qilish — kuchsizlik emas, jasoratdir!

Oilaviy nizolardan keyin eng muhim vazifa – har bir tomonning qonuniy haq-huquqini ta’minlashdir. Shu maqsadda Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi ish haqiqiy adolat namunasi bo‘ldi.

Oilaviy kelishmovchilik sabab, turmushi buzilgan F.M. sobiq turmush o‘rtog‘ining uyidan kelinlik seplarini olib ketmoqchi bo‘ldi-yu ololmadi. Shu sababli, bu ishni sud orqali hal qilishga qaror qildi.

Majburiy ijro byurosi Kasbi tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra qarzdor I.Sh.dan uning sobiq rafiqasi F.M. foydasiga 34 turdagi 45 million 100 ming so‘mlik mol-mulklar olib berildi. Bu nafaqat adolat, balki xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning ham yorqin ko‘rinishi bo‘ldi.

Shuningdek, qarzdordan 2 million 60 ming so‘m ijro yig‘imi va undiruvchi foydasiga 1 million 804 ming so‘m sud xarajatlari ham to‘liq undirildi. Bu bilan ijro ishi to‘liq bajarilib, sud qarori amalda ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haqni talab qilish — kuchsizlik emas, jasoratdir!