Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni Ashxobodda Moldova prezidenti Igor Dodonni qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.
«Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi», — deyiladi rasmiy axborotda.
Xususan, o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olingan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq Ashxobodga MDH davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi