Bugun 2019 yil 19 oktyabr kuni Andijon shahridagi muhtasham “Yoshlar saroyi” binosida “Ochiq Andijon” 1- Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Forum O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasining faol ko‘magida Andijon viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi.
Ushbu forumda 30 ga yaqin mamlakat delegatsiyalari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, mahalliy va xorijiy OAV vakillaridan iborat, hammasi bo‘lib 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.
Forumning birinchi kunidagi markaziy voqea–forumning biznes dasturi-yalpi majlis hisoblanadi.
Yoshlar saroyida bo‘ladigan forumning yalpi majlisida Andijon viloyati hokimi, Gujurat shtatining gubernatori Vijay Rupani, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari, taniqli chet ellik mehmonlar va investorlar so‘zga chiqadi.
Kun tartibida 5 taqdimot taqdim etiladi:
1. “Andijon viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi salohiyati to‘g‘risida”.
2. “Andijon viloyatining sayyohlik salohiyati to‘g‘risida”.
3. “Andijon viloyatidagi to‘qimachilik sanoatining holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida”.
4. “Andijon viloyatining avtomobilsozlik sohasidagi yutuqlari va salohiyati to‘g‘risida”.
5. “Andijon viloyatida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
Kunning ikkinchi yarmidda savdo-sanoat palatasi binosidagi forum ishtirokchilari “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli Andijon viloyatining investitsiya va sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishadilar.
Nargiza Kamalova
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”