date
views 1 730

Mahalladoshlarga berilayotgan beg‘araz yordam

Mahalladoshlarga berilayotgan beg‘araz yordam
Qibray tumanida ham kommunal to‘lovlardan qarzdor bo‘lib qolgan xonadonlarga homiylar ishtirokida yordam ko‘rsatilmoqda. Bunday tashabbus bilan Majburiy ijro byurosining joylardagi xodimlari chiqmoqdalar. Mahalla yig‘inlari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan va to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilar ro‘yxati shakllantirilib, shu hududda yashovchi yoki faoliyat yurituvchi ishbilarmon tadbirkorlarga bunday xonadonlarga to‘lovlarni amalga oshirishga yordam ko‘rsatish taklifi bilan chiqilmoqda.

Shunday tashabbuslardan biri Qibray tumanida amalga oshirildi. Parvoz MFY, Chimkent yo‘li 31-a uyning gazdan 1.635.000 so‘m qarzi, suvdan esa 3.150.000 so‘m qarzi bo‘lgan. Xonadon egalari to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkoniyat topolmaganlari bois ushbu qarzdorliklar yuzaga kelgan. Byuroning tuman bo‘limi xodimlari va mahalla ishtirokida, shu hududda yashovchi savobbaror insonlar yordamida ushbu qarzdorliklar to‘lanishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalladoshlarga berilayotgan beg‘araz yordam