08:02 / 07.12.2019
3 014

93 ta ayolni oʻldirgan amerikalik qotil...

93 ta ayolni oʻldirgan amerikalik qotil...

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 90 dan ortiq ayolni o‘ldirgan deb da’vo qilingan mahbus endi mamlakat tarixidagi eng halokatli qotilliklar seriyasining ijrochisi sifatida tan olindi, deydi Federal tergov byurosi.

Aytishlariga qaraganda, ushbu qurbonlarning bari ayollar bo‘lib, 2012 yildan beri panjara ortida o‘tirgan Semyuyel Little o‘tgan yili tergovchilarga 1970 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan 90 ga yaqin qotilliklar uchun javobgar ekanligini tan olgan. Tergov ishlari mobaynida bugunga qadar 50 ta ayblov o‘z isbotini topgan.

Shuningdek, yaqinda tergovchilar Florida, Arkanzas, Kentukki, Nevada va Luizianadagi beshta ish bo‘yicha yangi ma’lumotlar va tafsilotlarni taqdim etishdi.

79 yoshli Little Kaliforniyada bir necha martalik umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Uning aytishicha, u o‘zining 93 ta ayollardan iborat bo‘lgan qurbonlarini o‘ldirgan. FQB uning ba’zi qurbonlarining 30 ta rasmini - qamoqxonada Littlening o‘zi tomonidan chizilgan rangli portretlarni, taqdim etdi. Ularning ko‘pchiligi qora tanli ayollar ekanligi odamni hayratga soladi.

Jinoyatchi o‘z qurbonlari haqidagi ma’lumotlarni birin-ketin oshkor qilmoqda. Avgust oyida u Ogayo shtatida to‘rt ayolni o‘ldirishdagi aybini tan oldi. U 2013 yilda Kaliforniyada uchta qotillikda ayblanib, o‘tgan yili Texasda sodir etilgan yana bir qotillikda aybdor deb topilgan.

Qurbonlar ichida turli soha vakillari mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari zo‘rlangan, ba’zilari esa juda qattiq xo‘rlanib, yonidagi qimmatbaho buyum va hamyonlari o‘g‘irlangan holda topilgan. AQSh hukumati ushbu jinoyatning qolgan tafsilotlarini hamon o‘rganishda davom etmoqda.

93 ta ayol Semyuel Little 1970-yildan 2005-yilgacha AQSH hukumati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)