5 727
O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagida bo‘lganlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
O‘zbekistonda ilk bor chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
2020 yil 15 dekabr kuni Andijon hamda Qashqadaryo viloyatida tashkillashtirilgan yarmarkalarda xorijlik ish beruvchilar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishdi.
Andijonda tashkil etilgan tadbirda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti rahbari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ishtirok etdi.
Ish beruvchilar haqida
Yarmarkada Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Bolgariya vakillari o‘z takliflari bilan ishtirok etdi. Shuningdek ularning qatorida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xususiy bandlik agentligi vakillari ham qatnashdi. Yarmarkaga tashrif buyurgan mingdan ziyod fuqaro esa jami 150 ga yaqin yo‘nalishda 9000 dan ziyod xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish imkoniga bo‘ldi.
Natija qanday bo‘ldi?
Yarmarkada ishtirok etgan 500 nafarga yaqin fuqaro ish beruvchilar taqdim etgan ish o‘rinlarida faoliyat ko‘rsatish istagini bildirdi, deyiladi ma’lumotda.
Nima kutilyapti?
Bu kabi yarmarkalar yurtimizda xavfsiz, tartibli, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi