date

Farg‘onada fermer va IIB xodimlari o‘rtasida janjal chiqdi

Farg‘onada fermer va IIB xodimlari o‘rtasida janjal chiqdi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida noxush holat yuz berdi. “Buloqboshi gulshani” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayratjon Xayrullayev uyida ichki ishlar xodimlari bilan tortishuvga duch keldi.

Fermerning aytishicha, uch nafar xodim g‘alla topshirish rejasi bahonasida uyiga kirib, unga qurol o‘qtab tahdid qilgan. Voqeaga aralashgan 70 yoshdan oshgan onasi esa turtib yuborilib, yerga yiqilgan va hushini yo‘qotgan.

“Birjaga 17 tonna g‘alla topshirganman. Uyimda bir gramm ham don qolmagan. Onam bir hafta shifoxonada yotib, zo‘rg‘a o‘zini tikladi”, — deya voqeani guvohladi Xayrullayev.

Shu bilan birga, yana bir fermer paxta uchun mo‘ljallangan o‘g‘it uskunasi hokimiyatga topshirilmagani uchun 5 sutkaga qamalgani haqida ham ma’lum qilinmoqda.

Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov esa xodimlar fermerga to‘pponcha o‘qtalmaganini, ularning uyga faqat tushuntirish uchun borganini ta’kidladi.

Jamoatchilik bu holat yuzasidan izoh va rasmiy xulosalarni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada fermer va IIB xodimlari o‘rtasida janjal chiqdi