Farg‘onada qurol qo‘llangan mojaro jamoatchilikni tashvishlantirdi

1 daqiqa o'qish912
Farg‘onada qurol qo‘llangan mojaro jamoatchilikni tashvishlantirdi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, fermer xo‘jaligi rahbariga ichki ishlar xodimlari tomonidan bosim o‘tkazilgani, hatto qurol ishlatish holati kuzatilgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 iyul kuni “Bulaqboshi gulshani” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayratjon Xayrullayev uyida bo‘lgan paytda, uch nafar ichki ishlar xodimlari uning xonadoniga kirib kelgan. Ular g‘alla topshirish rejasi bajarilmaganini bahona qilib, fermerga nisbatan qattiq chora ko‘rishga urinishgan.

Fermerning aytishicha, xodimlardan biri qo‘rolini qo‘lga olgan va uni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. Bu holatga 70 yoshli ona aralashganida esa uni itarib yuborishgan. Keksa ayol hushidan ketgan va shifoxonaga olib borilgan.

Bundan tashqari, yana bir fermer Azizbek Tojiboyev ham texnikani topshirmagani uchun hokimlik ko‘rsatmasi asosida ma’muriy jazoga tortilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov esa o‘z izohida bu holatni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, ichki ishlar xodimlari faqat tushuntirish va ogohlantirish uchun borgan, qo‘rol ishlatish yoki kuch qo‘llash holati bo‘lmagan.

Shu bilan birga, qonunchilikka ko‘ra, fermerlar va tadbirkorlik subyektlari erkin faoliyat yuritishi davlat tomonidan qat’iy kafolatlangan. Ularga nisbatan asossiz bosim yoki zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilishi mutlaqo taqiqlanadi.

Ayni paytda mazkur holat Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘rganilmoqda. Mas’ul idoralar tekshiruv yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu kabi holatlar fermerlar huquqlari himoyasi va davlat organlari mas’uliyati masalasini yanada kuchliroq nazorat ostiga olish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?