Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga viloyat IIB munosabat bildirdi.
Samarqand shahrida 1-oktyabr kuni soat 16:00 larda A.Temur mahallasi hududida yuz bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. tanish bo‘lgan ayol bilan sayr qilib yurgan paytda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, yigit mazkur bahsni hal qilish maqsadida ayolga avtomashinaga o‘tirishni taklif qilgan, lekin ayol rozi bo‘lmagani sababli fuqaro uni majburan mashinaga olib o‘tkazishga harakat qilgan.
Tekshiruv davomida ayol mazkur holat bo‘yicha da’vo qilmasligini bildirgan. Shu munosabat bilan erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy qaror chiqarish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborildi.
Tashqi kuzatuvlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar holatning tegishli rasmiy idoralar tomonidan tekshirilganini tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!