21:10 / 27.01.2020
3 328

Samarqandda mol bozorida narxni kelisha olmagan sotuvchi xaridorning boshini urib yordi

Samarqandda mol bozorida narxni kelisha olmagan sotuvchi xaridorning boshini urib yordi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Payariqda mol bozordagi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjal kelib chiqdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. 27 yoshli F.M. Payariq tumanidagi «mol bozori»da 25 yoshli U.I. ga qoramol sotayotgan vaqtida uning narxi yuzasidan tortishib o‘zaro janjallashib qolgan va qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urgan.

Oqibatda U.I. tan jarohati olgan va Payariq tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, U.I. «og‘ir» tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan 23 yanvar kuni Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mol bozorida narxni kelisha olmagan sotuvchi xaridorning boshini urib yordi