O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zA xabar berishicha, tadbirda chiqish qilgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ko‘tarilgan masalalar, ularni hal etish choralariga e’tibor qaratdi.
«Xalqimiz farovonligini oshirish murojaatnomada ko‘zda tutilgan bosh maqsaddir. Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda qanday muammolar borligi bilan bir qatorda ularning yechimlarini ham ko‘rsatib berdi. Aslida farovonlik har bir insonning normal hayot kechirishi uchun barcha sharoiti yaxshi bo‘lishidir. Hammada shunday imkoniyat bor, deya olamizmi? Afsuski, yo‘q.
Shu ma’noda Prezidentimiz kambag‘allik haqida bejiz to‘xtalmadi. Chunki bu muammo mamlakatimizda mavjud. Ilgari ijtimoiy sohada ishlaganim uchun ham men buni yaxshi bilsam-da, «kambag‘allik yo‘q», deb aytish mumkin emas edi. Biz buni «kam ta’minlanganlik», deb xaspo‘shlab keldik. Holbuki, bugun O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirmoqda. Muammoni ochiq aytishdan maqsad-muddao esa unga barham berish uchun barcha choralarni ishga solishdir», degan Tanzila Norboyeva.
Senat raisi jamiyatdagi mavjud muammolar yechimida har bir tizim o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi maqsadga muvofiqligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida mamlakatda kam ta’minlangan aholi soni 12−15 foizni tashkil etishi to‘g‘risida gapirgan va O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi