Foto:«Novosti Tashkentskogo Neba»
Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmoyishga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda:
- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- yuz uchun filtrlovchi niqob;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuborildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.
Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi