13:43 / 12.02.2020
3 346

Joriy yilda 200ta bank xizmatlari ofislari tashkil etiladi

Joriy yilda 200ta bank xizmatlari ofislari tashkil etiladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlash va amalga oshirish;
- davlat ulushini strategik investorga sotish bo‘yicha reja-grafik tuzish;
- bankning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq choralarni belgilash;
- qonun hujjatlari va bank amaliyotini bank nazorati bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasining bank nazorati bo‘yicha asosiy tamoyillariga muvofiqlashtirish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda biznes jarayonlarini optimallashtirish;
- aholi va xo‘jalik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
- joriy yilda 200 ta bank xizmatlari ofislari tashkil etish;
- 2,4 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish va samarali o‘zlashtirish;
- qo‘shimcha 15 trln.so‘m miqdorida yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlarini jalb qilish;
- bank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini diagnostikadan o‘tkazish va ularni zamon talablariga keltirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
- “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish;
- tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish nazarda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Joriy yilda 200ta bank xizmatlari ofislari tashkil etiladi