11:27 / 24.02.2020
3 648

Bugun Chilonzorda katta yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun Chilonzorda katta yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 24 fevral kuni ertalab soat 5:52da, Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” mahallasi, Bunyod ko‘chasi 39-uyda joylashgan “Grand Spektrum” MCHJga qarashli sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, oqibatda binoning ichki va tom qismi 150 kv.m maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 6:01 da yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 6:47da bartaraf etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, sexning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan va hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Chilonzorda katta yong‘in sodir bo‘ldi