12:57 / 27.02.2020
3 571

Buxoroda 500 kvadrat metrdan ortiq savdo majmualari yonib ketdi (video)

Buxoroda 500 kvadrat metrdan ortiq savdo majmualari yonib ketdi (video)
26 fevral kuni Buxoro shahridagi bir qator savdo majmualarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha 26 fevral kuni soat 22:37 larda Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi bir qator savdo majmualarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00:40 da yong‘in tarqalishining oldi olingan va soat 01:30 da olov batamom o‘chirilgan.

Yong‘in maydoni 520 kvadrat metrni tashkil etgan. “Hodisa oqibatida kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 500 kvadrat metrdan ortiq savdo majmualari yonib ketdi (video)