14:32 / 14.03.2020
4 121

Uchtepa tumanida ro‘y bergan portlash joyidan lavha (video)

Uchtepa tumanida ro‘y bergan portlash joyidan lavha (video)
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergani haqida videolar tarqaldi. Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz nashri muxbiri voqea joyiga yetib bordi.

Xabarga ko‘ra avtoservisda kislorod balloni portlagan, natijada servis binosi tomining bir qismi qulab tushgan.

Muxbirning xabar berishicha, voqea joyi o‘rab olingan va hech kim ichkariga kiritilmagan. Dastlab na ichki ishlar xodimlari, na Favqulodda vaziyatlar vazirligi vaziyatga izoh berishmagan. Hatto olingan video lavhalarni o‘zini Ichki ishlar eksperti deb tanishtirgan Sirojiddin Solihov degan shaxs jurnalist qo‘lidan telefonni olib, olingan kadrlarni o‘chirib tashlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra portlash natijasida 2 kishi vafot etgan, 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha vafot etganlar shaxsi noma’lum. Shifoxonaga yotqizilganlarning ahvoli haqida ayni paytda ma’lumot berilmagan.

Hozir tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari voqea joyida ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida ro‘y bergan portlash joyidan lavha (video)