14:17 / 23.03.2020
4 144

Toshkentga kirish-chiqish deyarli to‘liq yopiladi

Toshkentga kirish-chiqish deyarli to‘liq yopiladi
Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Transport vazirligi xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Endilikda barcha transportlar harakati cheklangani ma’lum qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga kirish-chiqish deyarli to‘liq yopiladi