16:06 / 25.04.2020
2 295

Farg‘onada yana 22 nafar bemor sog‘aydi

Farg‘onada yana 22 nafar bemor sog‘aydi
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga shahridan Farg‘onaga kelishgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan.

Ulardan 9 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 30 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yana 22 nafar bemor sog‘aydi