10:30 / 30.04.2020
2 630

«Propiska» so‘zi iste’moldan chiqariladi, cheklovlar bekor bo‘ladi - qonun loyihasi

«Propiska» so‘zi iste’moldan chiqariladi, cheklovlar bekor bo‘ladi - qonun loyihasi
“Doimiy propiska” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlariga almashtirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, eng avvalo, “propiska” so‘zi fuqarolar ongida “to‘sqinlik qiluvchi”, “bir joyga bog‘lovchi”, “erkinlikni cheklovchi” degan tushunchalar sifatida muhrlanib qolganligi munosabati bilan “doimiy propiska” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlariga almashtirilmoqda.

Bundan tashqari, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati berilmoqda.

Ayni paytning o‘zida er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yo‘qotishiga doir qoidalar bekor qilinyapti. Qolaversa, er-xotinga ular nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining ma’lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolariga doimiy ro‘yxatga turish bo‘yicha yangi band kiritilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Propiska» so‘zi iste’moldan chiqariladi, cheklovlar bekor bo‘ladi - qonun loyihasi