
Mahallada duv-duv gap” filmida “obbo tinib-tinchimagan odamlar-yey, nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya”,- deganlaridek:
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida hokimlarni xalq tomonidan saylash haqidagi petitsiya e’lon qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda mana bir oydan ortiqki, muhokama etilmoqda...
Mavjud boshqaruv tizimida hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylashdan samara yoki naf bormi?
Albatta bor. Hokimlarni saylash amaliyotini joriy etilishi
Xalqaro jamoatchilik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mantiqiy davomidir deyilishi asos bo‘lishi mumkindir... Afsuski, hozircha men bilgan nafi faqatgina shu...
Mavjud boshqaruv tizimida hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylashdan samara yoki naf bormi?
Albatta yo‘q. Nega yo‘q?
Hokimlar nomzodlarini bevosita aholi ko‘rsatadimi? Yo‘q, bu tajriba yer yuzida hali ko‘p shakllanib ulgurmagan.
Siyosiy partiyalar nomzodlarni ko‘rsatadimi? Yo‘q, chunki, Hukumat siyosiy partiyalar tomonidan shakllantirilmaydi.
Bu esa, joylarda ham rahbarlarni siyosiy partiyalar shakllantirmasligi ma’qulligini anglatadi.
Demak, nomzodlar qanday tartibda ko‘rsatilar ekan. Albatta, ma’muriy tartibda. Ya’ni saylanadigan nomzod katta ehtimol bilan oldindan aniq bo‘lgan tamoyil asosida. Nomzodlar qanday vositalar orqali ko‘rsatilishidan qat’iy nazar.
Nomigagina misol uchun Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i yoki shu kabi yo boshqa bir NNTdan yo tadbirkorlardan muqobil nomzodlar ham ko‘rsatilib, bitta-ikkita o‘tishi ham mumkin. Bu ham bor gap...
Lekin aksariyat hollarda yo amaldagi hokim yo o‘rinbosar yo avvaldan xaritaga ko‘ra belgilangan kimdir... Bundan esa, hech bir naf yo‘q.
Aksincha, 220 atrofidagi o‘ringa saylov uchun davlat budjetidan yarim trillion balki undan ham ko‘p ortiqcha xarajat qilinadi xolos.
Yana bir muammo, mahalliychilik – agar nomzod ko‘rsatilgan taqdirda ham aholi katta ehtimol bilan munosib kadr - natija ko‘rsatadigan nomzodga emas, hudud, mahalliy belgilar, urug‘-aymoqchilik kabi omillar asosida ovoz berishi mumkin.
Aslida, hokimning saylanishi yo tayinlanishi ham muhim emas. Muhimi boshqaruvning, tizimning qanday ishlashida.
Respublika→viloyat→tuman (shahar) qonunosti hujjatlari va topshiriq, ko‘rsatmalar, asosan yig‘ilish va majlis vositasidagi vertikal boshqaruvni isloh etish. O‘ta markazlashtirishdan qochish kerak.
O‘ylab ko‘ring olaylik, ba’zan viloyat hokimi tumandagi bir tijorat banki rahbarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri selektorda koyib, mablag‘ni u yo bu yoqqa yo‘naltirishni talab qilsa, bu vakolat qonuniymi deb ham o‘ylab qolasizda.
Qonun kuzatuvidagi boshqaruv tizimi hamda hokimlar joylarda ijro hokimiyati rahbari vazifasini bajarishi, ular faoliyati ustidan mahalliy kengashlarning mustaqil, faqat qonuniy va samarali nazorat olib borish tizimini so‘zsiz ishlashidadir.
Shuningdek, unitar (federatsiya belgisi bor unitar) davlatlarda vertikal boshqaruv tizimi amalda yaxshi samara bermaydi.
Hokimlarni saylash ko‘proq federativ davlatlar boshqaruviga maqbul tushadi.
Yana saylovni bevosita va bilvosita shakllarini ham bilasiz. Bizda hozir amalda ham hokimlar saylanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tayinlanmaydi. Mahalliy kengash deputatlari qo‘l ko‘tarib ovoz bersa keyin hokimlik vakolatini qo‘lga kiritadi. Bilvosita xalq vakillari orqali albatta. Lekin, yana o‘sha gap nomzod ko‘rsatish masalasi...
Balkim, viloyatlar va viloyatlarga tenglashtirilgan hokimlarni saylashimiz mumkindir. Lekin, bunga ham hali ozgina borov.
Avvalo, hokim (mer, gubernator)lar saylanadigan ilg‘or davlatlarning tajribasini olish uchun bir oz ilgarilab olishimiz ham kerakdek nazarimda.
Isbotiki, uzoqqa bormaylik ayrim MDH davlatlarida amal qilgan hokimlarni saylash tizimi o‘zini jaa oqlaganicha yo‘q.
Buning uchun amalda raqamli iqtisod, raqamli boshqaruv, elektron hukumat, elektron boshqaruv, ko‘p ham markazlashmagan boshqaruvni tezroq tatbiq etish kabi zamonaviy demokratik boshqaruv shakllarini mustahkam yo‘lga qo‘yib olishimiz kerak degan fikrdaman...
Nuriddin Murodov
Manba: azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar