
2020 yil 2 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3718 (+16) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 nafari Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 844 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar