08:48 / 10.07.2020
2 787

Elmira Bositxonova koronavirus insondan bir necha yuz barobar aqlliroq ekanligini aytdi

Elmira Bositxonova koronavirus insondan bir necha yuz barobar aqlliroq ekanligini aytdi
Respublika maxsus komissiyasi pandemiya davrida holatga qarab qarorlarni yangilab borish uchun tuzilgan. Bu haqda 8 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Bositxonovaning ta’kidlashicha, pandemiya darajasini oldindan prognoz qilish jamiyatdagi barcha insonlarning xatti-harakatiga bog‘liq.

«Insondan bir necha yuz barobar aqlliroq bo‘lgan virus o‘zini mutatsiyalari bilan va bizning hayotimizda jamiyatdagi insonlarga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni butun dunyo prognoz qila olmayapti. Shu jumladan, bu inson omiliga bog‘liq. Masalan, bitta tashkilotning ishlashi rahbarga, bitta insonga yoki bo‘lmasa uning xodimlariga – 10-15 ta insonga bog‘liq bo‘lsa, yuqumli kasalliklarni prognozi bunday pandemiya davrida millionlab fuqarolarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, prognozlarda o‘n kun, yigirma kundan keyin vaziyat qanday bo‘lishi tahlil qilinadi. Undan keyin qarorlar o‘zgaraveradi. Maxsus komissiya shuning uchun tuzildi. Har kuni qarorlar o‘zgarishi mumkin», – dedi Elmira Bositxonova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10 iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi «qizil» bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elmira Bositxonova koronavirus insondan bir necha yuz barobar aqlliroq ekanligini aytdi