2 630
«Endi uydan ovqat olib kelish yo‘q» – Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar 1-son klinik shifoxonasiga bordi
16 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Ibn Sino nomidagi shahar 1-sonli klinik shifoxonasi va poytaxt Tez tibbiy yordam xizmati dispetcherlik markazida bo‘ldi.
Hokim shahar 1-son klinik shifoxonasidagi sharoitlar bilan tanishib, COVID-19 bilan xastalangan fuqarolarning oila a’zolari bilan suhbatlashgan, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida Ortiqxo‘jayev kasalxonada davolanayotganlarning tezda shifo topishi uchun barcha sharoitlar, dori-darmonlar va oziq-ovqatlar ta’minoti to‘liq ekanini aytgan.
Shuningdek, fuqarolarning ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam qoniqarli emasligi to‘g‘risida xavotirli fikrlarini tinglagan, mutasaddilarga ularning ehtiyoj va iltimoslarini talab darajasida qondirish yuzasidan topshiriqlar bergan.
E’lon qilingan videodan Jahongir Ortiqxo‘jayev shifoxonada yotganlarning yaqinlariga ovqat olib kelmaslikni so‘rayotganini ko‘rish mumkin.
«Doktorlar nimaga o‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz? Odamlarning uyida ham kovid tarqalgan hozir. Ikkita odam tinmay ovqat tashiyapti mana. Uyida kimningdir bolasi kasal, o‘zi bilmaydi, ovqat pishiryapti va buyoqqa olib kelyapti. Endi tuzalayotgan kasal yana yuqtirib olyapti. To‘g‘ri tushuntira oldimmi? Shuning uchun ovqatning menyusini o‘zgartirdim hozir. Endi uydan ovqat olib kelish yo‘q», – deydi u.
Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmati dispetcherlik markazida esa hokim kelib tushayotgan murojaatlarning qabul qilinish jarayonini ko‘zdan kechirib, muammolarga joyida yechimlar taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan selektorda Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilingan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi