2 355
Sergeli tumanida Hindistonning yirik kompaniyasi katta qurilish loyihasi ustida ish boshladi
Hindistonning Minerva world of knowledge LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidan (Senat qaroriga asosan Toshkent shahri hududiga o‘tkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bunda universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Minerva world of knowledge LLC o‘rtasida 2019 yil 29 avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.
Qayd etilishicha, I bosqichdagi o‘quv muassasalari 2021 yil IV-chorakda, ll bosqichdagi shifoxona 2021 yil IV-chorakda, III bosqichdagi mehmonxona 2021 yil IV-chorakda va IV bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari, sport majmuasi 2026 yil IV-chorakda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, loyiha 2026 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”