23:45 / 25.07.2020
5 728

Shifokor: COVID-19'ga chalinganda ilk kunlardanoq dori ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradi

Shifokor: COVID-19'ga chalinganda ilk kunlardanoq dori ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradi
«Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida Virusologiya instituti ilmiy xodimi, t.f.n. Ra’no Qosimova koronavirusga chalinib kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemorlar va shifokorlarga ayrim tavsiyalarni berdi.

Ra’no Qosimovaning qayd etishicha, 70-80 foiz bemorda kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada o‘tadi. Yengil tarzda kasallikni boshidan kechirayotgan bemorlarga dori berish shart emas. Organizm bu vaziyatda mustaqil tarzda kurashib, kasallikning 4-5-kunida tana harorati tushib, bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi.

«Lekin hozir aholi vahimada qolmoqda. Isitma ko‘tarilib ketganda, o‘zini yomon his qilganda yoki biror yaqinini yo‘qotib qo‘yganda xavotir kuchayib ketmoqda.

Shu holatda bemorlar boshqalarning dori vositalarini qabul qilmoqda. Bu esa ularning holati yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda. Oxirgi haftada 20-25 nafar bemorni ko‘rdim. Ular kasallikning birinchi kunlaridan tomchi dorilar, deksametazon, natriy xlor kabi dorilarni qabul qilishgan
», – dedi shifokor.

Ra’no Qosimovaga ko‘ra, bunda normal holatda ketayotgan jarayonni bemorlarning o‘zi izdan chiqaradi. Tajriba esa vaqtida suv ichib, to‘g‘ri ovqatlangan, yetarli miqdorda vitaminlar iste’mol qilgan bemorlarning 70-80 foizida koronavirus pnevmoniya shakliga o‘tmasdan yengil shaklda o‘tayotganini ko‘rsatmoqda.

Kasallikning birinchi kunidan dori qabul qilgan bemorlarda esa 7-8-kuni o‘pka shikastlanishi va qonning kislorod bilan ta’minlanishi pasayib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilishi holatlari uchramoqda.

«Antibiotik qabul qilishi natijasida diareya va ko‘ngil aynishi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlardan ham bemorlarga dori yoki gormon berishdan oldin bemorning holatini yaxshilab o‘rganishi va agar zarur bo‘lsa, kerakli preparatlarni tavsiya qilishi mumkin, lekin kasallikning birinchi kunidan emas.

Agar kasalligi yengil o‘tadigan 70-80 foiz bemorga birinchi kundanoq statsionar sharoitda ishlatiladigan dorilarni qo‘llasak, ularning yarmi statsionar sharoitiga ko‘chirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin
», – deya fikr bildirdi shifokor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor: COVID-19'ga chalinganda ilk kunlardanoq dori ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradi