date

Firibgar bo‘lajak kuyov kelin mulkini sotgani fosh bo‘ldi

Firibgar bo‘lajak kuyov kelin mulkini sotgani fosh bo‘ldi

Toshkent shahrida bo‘lajak kuyovning kelinni aldash orqali uyini sotib yuborgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu holat yuzasidan poytaxt shahar IIBB rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1997-yilda tug‘ilgan Sh.R. 1999-yilda tug‘ilgan Sh.A.ga turmush qurishni va’da qilib, uning ishonchiga kirgan. To‘ydan avval “moliyaviy muammolarini hal etish uchun uyni vaqtincha garovga qo‘yish kerak” degan bahona bilan kelinning uyini boshqa fuqaroga 240 ming dollarga sotib yuborgan.

Holat bo‘yicha Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov jarayonida u boshqa fuqarolarga nisbatan ham shunga o‘xshash firibgarlik holatlarini sodir etgani aniqlangan.

Hozirda ish Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Huquq-tartibot organlari fuqarolardan bu kabi holatlarda ehtiyotkor bo‘lish va moliyaviy bitimlarni rasmiy ravishda tasdiqlashni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgar bo‘lajak kuyov kelin mulkini sotgani fosh bo‘ldi