date

O‘zbek sportchisi ilk bor Dana Uaytning shapaloq ligasida!

O‘zbek sportchisi ilk bor Dana Uaytning shapaloq ligasida!

Ertaga Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Power Slap 16 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu safargi turnir o‘zbekistonlik sport muxlislari uchun ayni haqiqiy tarixiy voqeaga aylanishi kutilmoqda — chunki ilk bor hamyurtimiz ushbu ligada ishtirok etadi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini Diyorbek Otajonov himoya qiladi. U bungacha MMA, jiu-jitsu va sport kurashi bilan shug‘ullangan tajribali atlet hisoblanadi. Otajonovning raqibi amerikalik Koltin Koul bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koul avvalroq Power Slap ligasida ikki bor jang qilgan — bir g‘alaba va bir mag‘lubiyatga erishgan. Diyorbek esa o‘zbekistonliklar orasida bu ligaga qadam qo‘ygan ilk sportchi sifatida tarixda qoladi.

Shapaloqlar janglari bilan nom qozongan ushbu musobaqa ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Sport ishqibozlari mazkur tarixiy debyutni jonli efir orqali tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek sportchisi ilk bor Dana Uaytning shapaloq ligasida!